Iftorlik dasturxoni yozildi

Date:

Ramazon oyining ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ruhini targ‘ib etish maqsadida Boysun tumanida iftorlik tadbiri tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi, mahalla fuqarolari, nuroniylar, keksa otaxon va onaxonlar, din xodimlari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda Ramazon oyining insonlarni yaxshilikka chorlovchi fazilatlari alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda el-yurtimizga fayz-u baraka tilab xayrli duolar qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyot ta’limida “5+1” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimi yangilanadi. 2027–2028 o‘quv...

Yo‘l bo‘yidagi xizmatlar salohiyati oshirilmoqda

Angor tumanida M-39 xalqaro avtomobil yo‘li bo‘yida xizmat ko‘rsatish,...

“Vatanparvar” imkoniyatlari yoshlar nigohida

Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi faqat nazariy tushunchalar bilan emas, amaliy mashg‘ulot...

“Afg‘on shamoli”: olimlar yechim izlamoqda

Xitoyning Sian arxitektura va texnologiya universitetida Xitoy, O‘zbekiston va...
KunTun
KunTun