Navro‘z sayllari boshlandi

Date:

Surxondaryo viloyatida bahorning eng go‘zal bayrami – Navro‘z umumxalq sayllari ko‘tarinki ruhda boshlandi. Bu yilgi asosiy bayram tadbirlari Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi amfiteatr maydonida tashkil etilmoqda.

11–20-mart kunlari davom etadigan o‘n kunlik bayram dasturi doirasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsertlar va tomoshalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirlarning ilk kunidan boshlab viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi ham o‘z sahna ko‘rinishlari bilan Termiz shahri aholisi va mehmonlariga madaniy xizmat ko‘rsatmoqda.

Navro‘z sayllari davomida hudud aholisi va mehmonlar uchun yana ko‘plab qiziqarli chiqishlar va bayram dasturlari taqdim etilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar ta’limi uchun yangi imkoniyat

Bolaning ilk ta’lim muhiti uning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin...

“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash...

“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning...

Yangi maskan — yangi imkoniyat

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani...
KunTun
KunTun