Eksport hajmi oshadi

Date:

Prezident tashrifi davomida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida investitsiya, eksport va turizm sohalariga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda viloyat eksport salohiyatini oshirish, umumiy eksport hajmini 1 milliard dollarga yetkazish hamda Termiz xalqaro savdo markazi orqali eksport hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, 2026-yilda 3 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, tog‘-kon sanoati va qurilish sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar yakunida belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash uchun mas’ullar biriktirilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun