Imkoniyatlar kengaymoqda

Date:

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan Olis-Osmon korxonasi ish jarayoni bilan tanishdi. 2009-yilda tashkil etilgan korxona qurilish uchun pardozlash mahsulotlari ishlab chiqarib, 46 nafar doimiy va 30 nafar mavsumiy ishchini ish bilan ta’minlab kelmoqda. 2025-yilda o‘rnatilgan quyosh panellari esa energiya mustaqilligini ta’minlab, qo‘shimcha daromad manbayi yaratgani e’tirof etildi.

Tashrif davomida transport va temiryo‘l infratuzilmasiga oid masalalar muhokama qilinib, ishlab chiqarishni kengaytirish, eksport hajmini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tumandagi Humoyiddin-Farangiz issiqxona xo‘jaligi faoliyati ko‘zdan kechirildi. 2 gektar maydonda “Roja” navli pomidor yetishtirilayotgan xo‘jalikda 19 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Mahsulotlar asosan ichki bozorga yetkazib berilmoqda.

Uchrashuvda qish mavsumida elektr ta’minoti masalalari muhokama qilinib, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur tashrif hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, “yashil” energiyani joriy etish va aholi bandligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oldingi sahifaYangi tur aniqlandi
Keyingi sahifa8-mavsum yakunlandi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun