21 yoshdan turmush qursa…

Date:

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan boshlab har ikkala tomon kamida 21 yoshga to‘lib, birinchi marta nikohdan o‘tgan yosh oilalar davlat tomonidan rag‘batlantiriladi. Mazkur tashabbus yoshlarning moliyaviy va ijtimoiy jihatdan tayyor holda oila qurishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Hujjatga muvofiq, bunday oilalarga qo‘shimcha imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi. Agar ular Ijtimoiy reyestrga kiritilsa, subsidiya, ssuda va grant kabi moliyaviy ko‘maklar amaldagi miqdordan 1,5 baravar ko‘proq ajratiladi.

Shuningdek, nikoh shartnomasini tuzgan yoshlar nikohni qayd etish uchun to‘lanadigan davlat bojidan ozod etiladi. Ushbu qaror yoshlarni oila qurishga ongli va mas’uliyat bilan yondashishga undash, mustahkam va barqaror oilalarni shakllantirish hamda ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...
KunTun
KunTun