O‘ziga ishonchi ortdi

Date:

Boysun tumanidagi sport maktabida sportning para yengil atletika turi bo‘yicha tuman chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa imkoniyati cheklangan sportchilar uchun katta ahamiyat kasb etdi.

Unda ishtirokchilar o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyon etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport orqali jamiyatda faollikni oshirish hamda keyingi – viloyat va respublika bosqichlariga yo‘llanma olish uchun bellashdilar.

Bunday sport tadbirlari nafaqat sportchilarni jismonan chiniqtiradi, balki ularning irodasi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda ham muhim o‘rin tutadi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra sportchilarga esdalik sovg‘alari, diplom hamda medal topshirildi.

Oldingi sahifaBeg‘ubor xo‘jayin
Keyingi sahifaZamonaviy va qulay…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...

Reabilitatsiya markazida 130 o‘rinli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan

Surxondaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash...

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...

Qumqo‘rg‘onda raqamli xizmatlar markazi ish boshladi

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarni...
KunTun
KunTun