Bojxona tizimidagi ochiqlik

Date:

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 26-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Ushbu tadbir bojxona organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilikni sohadagi islohotlar bilan yaqindan tanishtirishga qaratildi.

Press-tur doirasida jurnalistlar “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hududida joylashgan “Termiz xalqaro savdo markazi” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida bo‘lib, bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati jarayonlari bilan bevosita tanishdilar. Tadbir davomida tovarlarning bojxona omborlariga tushirilishi, ularni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish hamda amaldagi qonunchilik asosida belgilangan tartibda rasmiylashtirish jarayonlari amaliy tarzda namoyish etildi.

Mazkur press-tur jurnalistlarga bojxona tizimida amalga oshirilayotgan zamonaviy yondashuvlar, raqamlashtirish jarayonlari va tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni yaqindan ko‘rish imkonini berdi. Shuningdek, bojxona organlarining iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, qonuniy savdo muhitini yaratish hamda tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratishdagi muhim o‘rni yana bir bor e’tirof etildi.

Bunday ochiq muloqot va amaliy tanishtiruvlar ommaviy axborot vositalari orqali aholi orasida bojxona tizimi faoliyatiga nisbatan ishonchni mustahkamlash, sohaga oid xolis va aniq axborot tarqalishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun