Barqaror daromad sari…

Date:

2026-yil 1-fevraldan boshlab “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga mansub oilalar uchun yangi ijtimoiy yordam paketi joriy etilishi belgilandi. Ushbu tashabbus aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda bandligini ta’minlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega.

Yangi tartibga ko‘ra, mazkur toifadagi oilalarga xonadoniga quvvati 7–10 kVt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish uchun BHMning 100 baravarigacha subsidiya ajratiladi. Bu, bir tomondan, oilalarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirsa, ikkinchi tomondan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish orqali ekologik barqarorlikka ham xizmat qiladi.

Shuningdek, tijorat banklari orqali 4 yil muddatgacha BHMning 75 baravarigacha imtiyozli kredit berilishi nazarda tutilgan. Ushbu kredit mablag‘lari oilaning mehnatga layoqatli a’zolarini bandlikka jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish uchun yo‘naltiriladi. Jumladan, chorva mollari, parranda, quyon, baliq va asalari uyalarini xarid qilish, ko‘chma do‘konlar tashkil etish, motoroller va skuter kabi vositalarni sotib olish, shuningdek, issiqxonalar qurish imkoniyati yaratiladi.

Mazkur ijtimoiy yordam paketi “davlat ta’minotidagi oilalar”ni faqatgina nafaqa bilan cheklab qo‘ymasdan, ularni mustaqil daromad topishga, o‘zini o‘zi ta’minlashga va jamiyatdagi iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilishi bilan muhimdir. Bu esa kambag‘allikni qisqartirish, aholi farovonligini oshirish va ijtimoiy tenglikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.Kredit 1 yillik imtiyozli davr bilan “davlat ta’minotidagi oila” a’zosining ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi. Foiz stavkasi esa Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi stavka asosida hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ziyorat turizmi rivojlantiriladi

"Airitom free zone"da “Ziyorat turizmining shakllanishi va rivojlanish istiqbollari”...

Tartibli va shaffof

Surxondaryo viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash, yashirin iqtisodiyotga barham berish...

Moliyaviy barqarorlik ta’minlansa…

Surxondaryo viloyati prokuraturasida viloyat prokurori o‘rinbosari H. Qulliyev rahbarligida...

Kerakli choralar koʻrilmoqda

Denov tumani hokimi Anvar Normamatov boshchiligida mas’ul tashkilotlar va...
KunTun
KunTun