Suratga olish yakuniy bosqichda

Date:

“Tirik tarix” film loyihalari doirasida “Yulduzlar shu’lasi: Jomiy va Navoiy” filmi tasvirga olinmoqda. Ushbu dasturga jami 54 ta tarixiy film kiritilgan.

Film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “O‘zbekfilm” kinokonserni va “Tojikfilm” kinostudiyasi hamkorligida ishlab chiqilmoqda.

Suratga olish ishlari 2025-yil davomida Tojikiston Respublikasining Dushanbe va Xo‘jand shaharlarida hamda O‘zbekistonning Buxoro viloyatida tasvirga olindi. Filmning so‘nggi sahnalari joriy yilning 25-yanvar kuni “O‘zbekfilm” pavilyonida tasvirga olinishi rejalashtirilmoqda.

Film ijodiy jamoasi O‘zbekiston va Tojikiston kinoijodkorlaridan shakllantirilgan bo‘lib, postanovkachi rejissorlar Dilmurod Masaidov (O‘zbekiston) va Fayzullo Fayzov (Tojikiston) hamkorlikda ishlashmoqda.

Oldingi sahifaQadamlar dadil
Keyingi sahifaBojxona tizimidagi ochiqlik

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun