Ishsiz yoshlar g‘amxo‘rlik ostida

Date:

Yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni kasbga yo‘naltirish borasidagi vazifalar ijrosi doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov shahar va tumanlardan taklif etilgan 150 nafar ishsiz yosh bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda mutasaddi idoralar hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mas’ul rahbarlar javobgarligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Viloyat hokimi har bir yosh bilan individual suhbatlashib, ularning qiziqishlariga mos kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ul rahbarlarni biriktirdi.

Shuningdek, professional ta’lim muassasalari faoliyati tahlil qilinib, texnikumlarga yetakchi korxonalarni biriktirish hamda dual ta’lim tizimini samarali joriy etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shunday o‘g‘ling bo‘lsa!

43-Bolqon Matematika Olimpiadasida tarixiy natija qayd etib, oltin medalni...

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ❗️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi...

Zamonaviy talabga puxta yechim

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, xalqaro ahamiyatga...

“Jasorat maktabi” — muhim loyiha

Respublika bo‘ylab yoshlarni vatanparvarlik, sadoqat va harbiy intizom ruhida...
KunTun
KunTun