Obodonlashtirish ishlari tanqid ostida

Date:

“Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida tanlab olingan mahallalarda keng ko‘lamli infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, “Yangiyer” mahallasida dastur doirasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan infratuzilma loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, qurilish-ta’mirlash ishlarini boshlash topshirildi.

Shuningdek, tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik ishlab chiqarish, sanoat va turizm yo‘nalishidagi drayver loyihalar taqdimot qilindi. Har bir loyiha yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, yangi obyektlar qurilishini boshlash, amalga oshirilayotgan loyihalarda ish sur’atini jadallashtirish vazifalari belgilab berildi.

Tashrif davomida viloyat rahbari tuman markazida joylashgan xiyobonda amalga oshirilayotgan ishlar holatini ham ko‘zdan kechirdi. Aholi hordiq chiqaradigan maskanda obodonlashtirish ishlarining sust olib borilayotgani keskin tanqid qilindi.

Mas’ullarga xiyobon hududida aholi uchun qulay xizmatlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, attraksionlar va zamonaviy hordiq maskanlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish, ularni davlat-xususiy sherikchilik asosida amalga oshirish hamda investitsiya shartlari orqali tadbirkorlarni faol jalb etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun