Biotexnik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Date:

Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ining “Zevar” va “Tamshush” bo‘limlari hududida kuzatilgan qalin qor qoplami yovvoyi hayvonlar uchun tabiiy ozuqa topishni murakkablashtirdi. Ushbu holatni inobatga olgan holda, hayvonot dunyosini qo‘llab-quvvatlash va ularning qishki davrni xavfsiz o‘tkazishini ta’minlash maqsadida bog‘ hududidagi belgilangan nuqtalarda biotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur tadbirlar yovvoyi hayvonlarning oziqlanish ehtiyojlarini qondirish, ularning yashash muhitini muhofaza qilish hamda biologik muvozanatni saqlashga qaratilgan bo‘lib, jarayon mutaxassislar nazorati ostida olib borilmoqda.

Biotexnik tadbirlar amalga oshirilayotgan hududlarda hayvonot dunyosini tizimli kuzatish va doimiy monitoring olib borish maqsadida zamonaviy fotoqopqonlar qo‘yib chiqildi. Mazkur texnik vositalar orqali yovvoyi hayvonlarning harakatlanishi, soni hamda xulq-atvori o‘rganilib, olingan ma’lumotlar kelgusida ularni muhofaza qilish va biologik xilma-xillikni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada samarali rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun