“DMed” axborot tizimi to‘liq joriy etiladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida 1-son politexnikum faoliyati bilan tanishib, kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish sohasidagi izchil islohotlar, qisqa muddatli o‘quv kurslari, “Vaucher” tizimi va dual ta’limning joriy etilishi samaradorligini o‘rgandi.

Viloyat rahbari yoshlar va ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlashni ustuvor vazifa sifatida belgilab, ta’lim yo‘nalishlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shuningdek, u 9-sonli oilaviy poliklinikaning yangi binosida shart-sharoitlar bilan tanishdi, shifokorlar bilan suhbatda “DMed” axborot tizimini to‘liq joriy etish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va samaradorlikni yaxshilash muhimligi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun