LOR klinikasi ish boshladi

Date:

Muzrabot tumani markazida “Soliha Malak shifo” MChJga qarashli LOR klinikasi o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur tibbiyot muassasasini ta’mirlash va jihozlash ishlariga 300 million so‘m mablag‘ sarflanib, klinika zamonaviy LOR kombayni, endoskop, avtoklav hamda boshqa ilg‘or tibbiy uskunalar bilan ta’minlandi.

Klinikaning ochilish marosimida tuman hokimligi mas’ul xodimlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari, tibbiyot xodimlari hamda nuroniy otaxon-u onaxonlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida yig‘ilganlar otorinolaringolog shifokor Niyozov Bexruzning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun