Sektor rahbarlari ochiq muloqot o‘tkazayapti

Date:

Surxondaryo viloyati sektorlar rahbarlari tumanlarda bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda.

Keyingi uchrashuv manzili Sherobod tumani bo‘ldi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi, birinchi sektor rahbari To‘ra Bobolov ishtirok etib, so‘nggi yillarda vohada yuz bergan o‘zgarish va yangilanishlar, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish hamda qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati haqida fikr yuritdi.
Muloqot jarayonida Bosh qomusimizda aks etadigan barcha yangiliklar “Inson–jamiyat–davlat” prinsipiga asoslangani va amaldagi Konstitutsiyamizning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartishlar kiritilayotgani haqida ham so‘z bordi. Taklif qilinayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar muhokamasi qizg‘in tus oldi. Demak, har bir fuqaro jarayonga qiziqish bildirib, o‘z fuqarolik pozitsiyasidan kelib chiqaib yondashyapti.
Ishonch bilan aytish mumkinki, yaqin kelajakda odamlar uchun munosib yashash sharoiti yaratiladi. Barcha muammolarga jamiyat muammosi sifatida yondashiladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun