Mas’uliyatli 7 yil

Date:

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni tobora ortib borayotganligi sir emas.Jamiyat hayotida yuz berayotgan ana shunday muhim jarayonlar bundan yetti yil avval — O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashkil etilishiga asos bo‘ldi. Qisqa tarixiy davrda partiya mamlakatimiz siyosiy maydonida o‘ziga xos va mustahkam o‘rinni egalladi. Bugun ekologik muammolar nafaqat alohida mamlakatlar, balki butun dunyo hamjamiyati uchun eng dolzarb masalalardan biridir. Atrof-muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslardan noo‘rin foydalanish, iqlim o‘zgarishi kabi muammolar ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasida yagona siyosiy kuch sifatida harakat qilishni taqozo etdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Ekologik partiyasi safida Surxondaryo viloyatidan 73 168 nafar a’zo birlash-gan bo‘lib, shundan 33 818 nafari ayollar, 10 602 nafari yoshlarni tashkil etadi. Viloyat bo‘ylab partiya faoliyati
761 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari orqali olib borilmoqda. Partiya qisqa vaqt ichida ko‘pmingsonli tarafdorlar xohish-irodasini ifoda etuvchi siyosiy kuchga aylandi.
Ayni paytda partiya “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida xalqimiz, kelgusi avlodning qulay va sog‘lom muhitda yashash huquqini ta’minlash, ekologik barqarorlikka erishish hamda aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda. Partiya ekologik muammolarni hal etishda jamiyatni ijtimoiy guruhlarga ajratmagan holda barcha kuch va salohiyatni birlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Faoliyati davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, dolzarb ekologik masalalarga yechim topish, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarda tabiatga daxldorlik hissini kuchaytirish, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida ko‘plab amaliy tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda. Shuningdek, ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish, tabiatni asrash borasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari ham partiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ushbu amaliy ishlar negizida hududiy partiya tashkilotlarining ham hissasi salmoqli, albatta. Xususan, partiya dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda targ‘ibot tadbirlari, ekologik aksiyalar, hasharlar tashkil etildi. Aholidan kelib tushgan murojaatlar tizimli ravishda o‘rganilib, ularning ijobiy hal etilishiga erishildi. Aholining ekologik ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida viloyat bo‘yicha 500 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari, ekologik sanalarga bag‘ishlangan keng qamrovli uchrashuvlar o‘tkazildi.
Kelgusida ham partiya sog‘lom muhit, toza tabiat va barqaror taraqqiyot yo‘lida o‘z faoliyatini izchil davom ettiradi.

Bekzod TURDIYEV,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Termiz shahar Kengashi raisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun