Situatsion markaz qurilishiga start berildi

Date:

Kunchiqish mamlakatiga amalga oshirilgan tashrif va delegatsiyalar bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Termiz shahrida O‘zbekiston–Yaponiya texnologiyalar universiteti barpo etilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur oliy ta’lim muassasasi uchun qurilayotgan binoda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati bilan tanishdi. Mas’ullarga ishlarni jadallashtirish va tasdiqlangan loyiha asosida amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining situatsion markazi binosi qurilishiga start berildi.

Shuningdek, Termiz shahridagi 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini 360 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish orqali rekonstruksiya qilish hamda  jihozlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Bog‘chada jihozlash ishlarini sifatli yakunlash, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, shuningdek, bolalarga xorijiy tillarni o‘yinli uslublarda o‘rgatishga qaratilgan to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Mazkur bog‘cha qurilish ishlaridan so‘ng 720 o‘ringa ega bo‘ladi hamda xorijiy tillarni chuqurlashtirib o‘rgatishga ixtisoslashtiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun