Mehr va e’tibor ramzi: bolajonlar uchun bayram quvonchi

Date:

Yangi yil quvonchli tadbirlar, ezgu tashabbuslar bilan boshlandi. Termiz shahridagi tantanalar majmuasida “Xorijdagi vatandoshlarimiz oilalari doimiy e’tiborda” shiori ostida xayriya va ko‘ngilochar bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik va ijtimoiy birdamlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Bayram tadbirida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov ishtirok etib, mehnat migrantlari oilalari, ayniqsa, ularning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.

Shundan soʻng, bolajonlar uchun quvnoq sahna ko‘rinishlari, ertak qahramonlari ishtirokidagi chiqishlar va bayramona konsert dasturlari namoyish etildi. Kulgi va quvonchga to‘la lahzalar bolalarning chehrasida samimiy tabassum, qalblarida esa Yangi yil mo‘jizasiga bo‘lgan ishonchni uyg‘otdi.

Shuningdek, har bir bolaga Yangi yil sovg‘alari topshirilib, ularning xursandchiligi va quvonchi tadbirga alohida fayz bag‘ishladi. Ushbu bayram tadbiri jamiyatimizda “hech kim e’tibordan chetda qolmaydi” degan ezgu tamoyilning yana bir yorqin ifodasiga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Amaliy choralar ko‘rildi

Sariosiyo tumanida ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash...

“Ishonch” loyihalari ta’lim sifatini oshirmoqda

Surxondaryo viloyatida “Ishonch” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim sohasida amalga...

41 nafar bitiruvchi oltin medalga sazovor

Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Ustozlarga ehtirom

Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” yakunida...
KunTun
KunTun