Parrandachilik sohasida yangi loyiha

Date:

Oltinsoy tumanidagi Bibizaynab mahallasi hududida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida qator loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Jumladan, mazkur mahallada faoliyat yuritayotgan “SEEVEN-PLANEET” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan parrandachilik loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

Loyiha doirasida zamonaviy talablarga javob beradigan parrandachilik inshootlari barpo etilgan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarida samaradorlik va sifatga alohida e’tibor qaratilmoqda. Korxonada mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratilgani esa aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonga chiqdi

Termiz shahrida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati...

Xavfsizlikni eshikdan boshlash kerak

Termiz shahrining Bog‘ishamol mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholiga...

Propan qimmatlashdimi?

Birjada suyultirilgan gaz — propanning ulgurji narxi atigi ikki...

Qimmatga tushgan “talab”

Surxondaryoda YPX xodimi xizmat vakolatidan foydalanib, paxta ortilgan yuk...
KunTun
KunTun