“Raqamli avlod qizlari” saralandi

Date:

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Raqamli avlod qizlari” tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi o‘z yakuniga yetdi hamda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davom etgan tanlovda 16–20 yosh toifasida 75 nafar, 21–30 yosh toifasida 35 nafar iqtidorli va tashabbuskor qizlar raqamli texnologiyalar, innovatsion loyihalar hamda zamonaviy IT-yechimlar borasida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar.

Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning bilim darajasi, kreativ yondashuvi, innovatsion g‘oyalari va amaliy ahamiyati mezonlari asosida eng munosiblari aniqlanib, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, g‘oliblar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim...

Mahorati yoshlarga ibrat

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar...

Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida...

Zamonaviy klinika ish boshladi

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish,...
KunTun
KunTun