Vohaliklar haj safariga yo‘l olishdi

Date:

E’tiqod, ibodat ko‘ngilni pok saqlaydi. Amallarimizda ham, yurish-turishimizda halollikni odatga, me’yorga aylantiradi. Yaxshilikka, ezgulikka, insoniylikka chorlaydi. Mana bizga din nega kerak. Dinimizning farzlarini bajarmoq esa har bir mo‘min-musulmonning burchi, vazifasidir. Haj safari ham ana shunday farzlarimiz sirasiga kiradi.

Erta tong… Hali kun yorishmasdanoq Sherobod tumanidagi Imom Abu Iso Muhammad at-Termiziy ziyoratgohi nuroniy onaxon-u otaxonlar bilan gavjum. Egnilariga yarashgan oppoq liboslari ularni farishtamisol ko‘rsatyapti. Ular muborak haj safariga ketish uchun otlanishgan. Viloyatdagi 8 ta hudud, xususan, Termiz shahri, Termiz, Sherobod, Angor, Muzrabot, Sho‘rchi, Uzun, Qumqo‘rg‘on tumanlari nuroniylari ushbu manzilda jo‘nab ketishayotir. Guruhlarga bo‘lingan vohadoshlarimiz shukronalik ostida yaxshi niyatlar ila avtobuslarda safarga kuzatildi.
Kunning ikkinchi yarmida esa vohaning Oltinsoy, Denov, Sariosiyo, Qiziriq, Bandixon hamda Boysun tumanlarida istiqomat qiluvchi ko‘ngillariga haj safarini tuggan fuqarolari aynan Imom Abu Iso Muhammad at-Termiziy ziyoratgohidan kuzatildi. Bo‘lajak hojilarni kuzatishga chiqqanlar borki, qo‘llarini duoga ochib, ezgu niyatlar va yorug‘ yuz bilan kuzatib, oq yo‘l tilashdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun