Tajribamiz ommalashsa…

Date:

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 51-moddasida fuqarolarning davlat ta’lim muassasalarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olish huquqi kafolatlangan bo‘lib, bu norma Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-yanvardagi 18-sonli buyrug‘i orqali amaliyotga tatbiq etildi. Mazkur buyruq asosida oliy ta’lim muassasalarida kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun bepul tayyorlov kurslari tashkil etildi.
Termiz davlat pedagogika instituti ushbu tashabbus doirasida bepul tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘yib, yoshlarni oliy ta’limga kirish imtihonlariga tayyorlash, fanlar bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash va xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatini yaratdi. Darslar malakali o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borildi.
Mazkur kurslar ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj yoshlarni aniqlash, ularga individual yondashuv va psixologik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashi bilan ahamiyatlidir. Ushbu amaliy tashabbus oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy mas’uliyatini namoyon etib, inson kapitalini rivojlantirish hamda adolatli va barqaror jamiyat barpo etishga xizmat qiladi.

Zulfiya Berdiyeva,
Termiz davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun