Yuz asrlik chashma

Date:

Mezolit davri (miloddan avvalgi 8-7 mingyilliklar)ga oid makon — Chashma ziyoratgohi qirqdan ortiq buloqlarning qo‘shilishi joyidan topilgani sabab shu nom bilan atalgan. Tojikistonning Xatlon
viloyati, Shahrituz tumani g‘arbida joylashgan manzil 1953-yilda tarixchi, arxeolog A.Okladnikov tomonidan o‘rganilgan.
Chashmadan topilgan tosh qurollar, asosan, chaqmoqtoshdan yasalgan, ular uchi o‘tkir tosh parchalari, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi mayda tosh qurollar, prizma shaklidagi nukleuslar, qirg‘ichlar va boshqa har xil tosh bo‘laklaridan iborat. Chashma ota manzilidan topilgan qurollar Kapsa madaniyatiga xos qurollar xiliga kiradi.
Chashma ota ziyoratgohining bir uchi Surxondaryo viloyati bilan tutash. Sherobod tumani, Sayrob qishlog‘ida joylashgan buloq suvi Chashma ota ziyoratgohidagi suv bilan bir xil. Hattoki qishloq va ziyoratgoh suvlaridagi Marinka va Gulmoyi (Forel) muqaddas baliqlari ham bir xildir. Buloqdan 22 kub suv chiqadi va beshta jamoa xo‘jaliklarini suv bilan ta’minlaydi. Shuningdek, buloq suvi shifobaxsh sanalib, oshqozon-ichak kasalliklariga davo hisoblanadi.
Ziyoratgohga boruvchi mehmonlar va sayyohlar uchun barcha qulaylik va sharoitlar qilingan. Qo‘shni davlatdan keladigan sayyohlar uchun chegara postlaridan o‘tish yanada soddalashtirildi. Ziyoratgohda zamonaviy mehmonxona, oshxona, cho‘milish havzalari, tezkor internet tarmoqlari xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Ikki davlat rahbarlari tashabbusi asosida tashkil etilgan mazkur ziyoratgoh hamyurtlarimiz hamda chet ellik sayyohlar uchun unutilmas xotiralar ulashishi aniq.

Zafar Mirzayev,
Jarqo‘rg‘on tumanidagi
48-sonli umumta’lim maktabining Geografiya fani o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun