Bayramona kayfiyat tuhfa etildi

Date:

Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Sherobod tumanida ham “Prezident archasi” doirasidagi teatrlashtirilgan bayram tadbirlari boshlandi. Ushbu ezgu tashabbus doirasida tumandagi mehrga muhtoj, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 43 nafar bolajonlar uchun quvonch va bayramona kayfiyat tuhfa etildi.

Tadbirda tuman hokimi Usmon Alimov hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, bolalarga Prezidentimiz nomidan tayyorlangan sovg‘alarni tantanali tarzda topshirdilar. Bayram sahnasida bolajonlarning yuzida tabassum, qalbida esa quvonch va ishonch uyg‘otuvchi mehr-muhabbat va e’tibor muhitini yaratish tadbirning asosiy maqsadi bo‘ldi. Yakunda yangi yil tilaklari yangradi. Yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, taraqqiyot sari dadil qadam tashlash, insoniylik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat tamoyillarini yanada rivojlantirish bundan buyon ham barchamiz uchun ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiy xizmatlar ko‘lami kengaymoqda

Termiz shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Surxondaryo viloyatida davlat tibbiy...

Bahsni Entoni Teylor boshqaradi

18-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon...

Musobaqa qizg‘in pallada

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i kubogi...

“Kelajak Camp” – bilim, iste’dod va hordiq maskani

Bandixon tumanidagi “Kelajak” markazida faoliyat yuritayotgan “Kelajak Camp” yozgi...
KunTun
KunTun