Bayramni buzmoqchi bo‘lishdi

Date:

Angor tumani hududida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida qonunbuzarlik holati aniqlandi. Xususan, “Damas” rusumli avtomashina saloni ko‘zdan kechirilganda, undan jami 30 quti pirotexnika vositalari topildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur pirotexnika vositalarining taxminiy bozor qiymati 1 million 500 ming so‘mni tashkil etadi. Aniqlangan holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Qonun talablariga muvofiq, topilgan pirotexnika vositalari keyinchalik ko‘rib chiqish va huquqiy baho berish uchun Angor tumani Ichki ishlar bo‘limiga topshirildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bu kabi qonunbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktik tadbirlar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun