Eko-stikerlar kimlarga majburiy emas?

Date:

Transportdan chiqadigan zararli gazlarni kamaytirish maqsadida “Ekologik transport” tizimi joriy etildi. Unga ko‘ra, avtomobillarga ekologik darajasiga qarab yashil, sariq yoki qizil rangdagi eko-stikerlar bepul beriladi.

Eko-stikerlar elektromobillar, jamoat transporti (taksi va marshrutkadan tashqari), maxsus xizmat mashinalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari, mototransportlar hamda tranzit yoki vaqtincha (90 kungacha) mamlakatda bo‘layotgan transport vositalari uchun majburiy emas.

Stikerlar yangi yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda avtomatik tarzda, amaldagi avtomobillar uchun esa egasining ixtiyoriy murojaati asosida beriladi. Ular old oynaning ichki, pastki o‘ng burchagiga yopishtiriladi va muddatsiz amal qiladi.

Ekologik toifa asosan “Yevro” standartiga ko‘ra belgilanadi, zarur holatlarda maxsus diagnostika o‘tkaziladi. Transport egalari yiliga bir marta bepul qayta diagnostikadan o‘tib, ekologik toifani yaxshilash huquqiga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Grantlar biznesga yo‘l ochar

Xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va...

Daraxtlarga nafas bering

Termiz shahar ekologik muhitini yaxshilash va yashil hududlarni asrashga...

Qilmishi javobsiz qolmadi

Tabiatga beparvo munosabat nafaqat atrof-muhitga, balki inson salomatligi va...

Murojaat yechim topdi

Jarqo‘rg‘on tumanida fuqarolar murojaati asosida ichimlik suvi ta’minoti bilan...
KunTun
KunTun