Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli farmoyishiga muvofiq noyabr — “Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi” oyligi, dekabr — “Yong‘in xavfsizligi” oyligi deb e’lon qilindi.
Oylik davomida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, viloyatimizda mavjud xonadonlar hamda ko‘p qavatli uylarning 537 133 tasi 80 foiz davlat yong‘in nazorati inspektorlari tomonidan o‘rganib chiqildi. 2 000 ga yaqin talabalar ijarada turadigan yakka tartibdagi xonadonlar va ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar o‘rganilmoqda.
Aholi orasida yong‘inlar, is gazidan zaharlanish va havo-gaz aralashmasi chaqnashining oldini olishni targ‘ib etuvchi 251 dona plakat va bannerlar ilindi. Bundan tashqari, bozorlar va savdo komplekslariga 319 ta, yo‘lovchi tashish transport vositalariga 428 ta, avtostansiyalar va vokzallarga 239 ta, boshqa odamlar ommaviy yig‘iladigan obyektlarga 530 ta plakat va bannerlar o‘rnatildi.
Ommaviy axborot vositalarida 97 marotaba markaziy, 179 marotaba mahalliy telekanallar orqali teleko‘rsatuvlar, 7 marotaba markaziy, 285 marotaba mahalliy radiotarmoqlar orqali eshittirishlar amalga oshirildi, 11 ta markaziy, 129 ta maxalliy ro‘znoma sahifalarida maqola chop etildi, internet sahifalariga 347 ta ma’lumot, xabar va maqolalar joylashtirildi. Yong‘in xavfsizligi oyligi yuzasidan 39 ta brifinglar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, insonlar tunda qoladigan maskanlarda tungi tekshiruvlar o‘tkazilib, oylik va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari yuzasidan tushuntirish berilmoqda. Insonlar ko‘p yig‘iladigan maskanlarda va bozorlarda monitoring profilaktik ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Tadbir viloyatda uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Abrorbek Xushiyev,
Viloyat FVB yong‘in profilaktikasi bo‘limi inspektori, kapitan

