Muhim loyihalar muhokamada

Date:

Surxondaryo viloyatining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish maqsadida viloyat delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrifi rejalashtirilmoqda. Shu masala yuzasidan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda AQSHga tashrif doirasida ko‘zda tutilgan ustuvor yo‘nalishlar, istiqbolli iqtisodiy kelishuvlar hamda investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Termiz tumanidagi “Texnopark” loyihasiga innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha Xitoyga amalga oshirilgan xizmat safari natijalari ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimining ish rejasiga asosan, davlat mulki obyektlarini optimallashtirish orqali bo‘shagan binolarni ochiq auksion savdolariga chiqarish, viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasini joylashtirish bo‘yicha takliflar hamda Surxondaryo viloyatining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari taqdim etildi.

Bundan tashqari, Termiz shahrida xorijiy investitsiyalar hisobidan 2026-yilga mo‘ljallangan turar joy qurilishi loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Viloyat rahbari taqdim etilgan takliflar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab, investitsiya jarayonlarini jadallashtirish va qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosini qat’iy ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilmiy salohiyat yuksaltiriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov...

Termizda inklyuziv muhit

Termiz shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va xavfsiz...

Biologik himoya — mo‘l hosil garovi

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov hamda tuman prokurori Baxtiyor...

16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlar cheklanadimi?

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini qonun...
KunTun
KunTun