Talablar bekor qilinadi

Date:

2025-yil 1-dekabrdan boshlab idoralararo axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi natijasida fuqarolar uchun bir qator ortiqcha hujjat talab qilish amaliyoti bekor qilinadi. Bu esa davlat xizmatlarini yanada qulay, tezkor va byurokratiyasiz olish imkonini yaratadi. Yangi tartibga ko‘ra ba’zi o‘zgarishlar joriy etiladi.

Endilikda FHDYO organlari nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy ko‘rik natijalarini olib kelishni so‘ramaydi. Kerakli ma’lumotlar tegishli tashkilotlar o‘rtasida elektron tarzda almashiladi.

Sud qarori elektron tizim orqali FHDYOga avtomatik ravishda yetkaziladi va dalolatnoma yozuvi shunga asosan shakllantiriladi. Bu jarayonlarni sezilarli darajada soddalashtiradi.

Avtomobil egasining manzili endilikda hujjatda aks ettirilmaydi. Bu ortiqcha ma’lumotni qisqartirib, hujjatlarni zamonaviy talablarga moslashtiradi.

Mazkur o‘zgarishlar davlat xizmatlarida ortiqcha byurokratiyani kamaytirib, jarayonlarni raqamlashtirish va fuqarolarga qulaylik yaratishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mini futboldan shaxmatgacha…

Joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida...

Tanishuv ko‘ngildagidek kechdi

Boysun tumanida “Boysun bahori” turizm majmuasida bo‘lib o‘tadigan bayram...

Loyihalar ijrosi muhokama qilindi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanining "Karvon" mahallasida bo‘lib,...

Tizimda yangi turtki

Angor tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash...
KunTun
KunTun