Jadidlar merosini o‘rgangan yoshlar bellashdi

Date:

Jadid bobolarimizning ilm-ma’rifat, millat ravnaqi va taraqqiyot yo‘lidagi faoliyatini o‘rganish yosh avlodda tarixiy xotira va ma’naviy qadriyatlarga hurmatni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. “Jadidlar izidan” tanlovi ham o‘quvchilarning bu boradagi bilim va qiziqishlarini namoyon etish uchun imkoniyat yaratmoqda.

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tanlovning Surxondaryo viloyat bosqichi yakunlandi. Unda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan saralangan 30 nafar o‘quvchi 6–8 hamda 9–10-sinflar toifalarida uchta shart bo‘yicha bellashib, jadidlar hayoti, ijodi va ma’rifiy merosiga oid bilimlarini namoyish etdi.

Taqdirlash marosimida Surxondaryo viloyati Ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov ishtirok etib, jadid bobolarimizning millat ravnaqi, ilm-fan va ma’rifat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi hamda ularning boy merosini yosh avlodga yetkazishning ahamiyatiga to‘xtaldi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, 6–8-sinflar toifasida:

  • 1-o‘rin — Abdukarim Abdukarimov (Termiz shahridagi 26-maktab);
  • 2-o‘rin — Fotima Iskandarova (Sariosiyo tumanidagi 1-maktab);
  • 3-o‘rin — Zarina Xudoyberdiyeva (Boysun tumanidagi 43-maktab).

9–10-sinflar toifasida:

  • 1-o‘rin — Keldiyorov Muhammad (Jarqo‘rg‘on tumanidagi 16-maktab);
  • 2-o‘rin — Ramazanova Farida (Qumqo‘rg‘on tumanidagi 30-maktab);
  • 3-o‘rin — Amirqulova Dildora (Oltinsoy tumanidagi 70-maktab).

G‘olib va sovrindorlar, shuningdek, faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...

Bag‘rikenglik — kundalik hayotimiz mezoni

Bugun dunyo murakkab siyosiy jarayonlar, geosiyosiy ziddiyatlar, qurolli mojarolar...

560 million dollarlik kelishuvga erishildi

Xalqaro hamkorlik va xorijiy investitsiyalar hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi...

Jadidlar merosini o‘rgangan yoshlar bellashdi

Jadid bobolarimizning ilm-ma’rifat, millat ravnaqi va taraqqiyot yo‘lidagi faoliyatini...
KunTun
KunTun