O‘qituvchilarga yo‘l kompensatsiyasi joriy etildi

Date:

Uyda yakka tartibda ta’lim oladigan o‘quvchilar bilan shug‘ullanadigan o‘qituvchilarga endilikda BHMning 1 baravari miqdorida oylik yo‘l kompensatsiyasi to‘lanadi. Bu tartib bir xil yoshdagi va bir manzilda yashovchi ikki va undan ortiq o‘quvchini o‘qitgan o‘qituvchilarga ham tatbiq etiladi.

Kompensatsiya maktabdan o‘quvchi yashash hududigacha bo‘lgan masofa kamida 1,5 kilometr bo‘lganda to‘lanadi. Bir nechta o‘qituvchi bir o‘quvchiga biriktirilgan taqdirda, ularga to‘lov amalda o‘tkazilgan dars soatlari ulushiga mutanosib ravishda ajratiladi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi yoki hamshira vaqtincha bo‘lmaganda, ularning vazifalari o‘rindoshlik asosida rasmiylashtiriladi va bajarilgan ish uchun 100 foiz ish haqi to‘lanadi. Bunda xodimning umumiy ish yuklamasi 1,5 stavkadan oshmasligi belgilangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun