PRIMA ko‘rishni tiklaydi

Date:

Olimlar tо‘r parda shikastlanishi tufayli ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan bemorlarda ko‘rishni tiklashga yordam beradigan PRIMA nomli noyob mikrochipni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Ushbu mikrochip kamerali ko‘zoynak orqali olingan tasvirlarni simsiz qabul qilib, ularni elektr impulslariga aylantiradi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri miyaga uzatadi.

Sinov natijalari kutilganidan ham yaxshi bo‘ldi: 32 nafar ishtirokchidan 26 nafari matnni farqlash, krosvord ishlash, hattoki o‘yin o‘ynash darajasida ko‘rish qobiliyatiga erishdi. Eng e’tiborli jihati — bir bemor ko‘r bo‘lib qolishidan avvalgi darajada aniq ko‘ra boshlagan.

Tadqiqotchilar PRIMA mikrochipi 2026-yildan boshlab Yevropada qo‘llanilishi, keyinchalik boshqa davlatlarda ham sertifikatlash rejalashtirilganini ma’lum qildi. Ushbu qurilma ko‘rish imkoniyatini yo‘qotgan insonlar hayotida katta burilish yasashi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun