Yiliga 20 million sayyoh

Date:

Prezidentning “Turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, sohada bir qator muhim yangiliklar belgilandi. Yangi hujjatga ko‘ra, turizm infratuzilmasi, xizmatlar sifati va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshiriladi.

Eng asosiy yangilik “Tax Free”ni naqdda olish: 2026-yildan boshlab xorijiy sayyohlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini mamlakatni tark etayotganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri naqd ko‘rinishida qaytarib olishi mumkin bo‘ladi.

Transport qatnovlari tezlashadi: Turistik shaharlardan iborat yo‘nalishlar bo‘yicha qatnov vaqti 3 baravar qisqartiriladi, bu esa sayohatlarni ancha qulay qiladi.

Ijaraga berish tartibi soddalashtiriladi: Uy va dala hovlilarni sayyohlarga rasmiy ijara sifatida taqdim etish bo‘yicha jarayon yengillashtiriladi.

2023–2030 maqsadi: Yiliga 20 million sayyohni jalb qilish va minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Mazkur o‘zgarishlar O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini keskin oshirib, mamlakatni mintaqadagi yirik sayyohlik markazlaridan biriga aylantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun