“Chiptasiz konsert”

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida namoyish etilgan “Chiptasiz konsert” spektaklini katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Mazmunan boy, kulgili sahnalar va chuqur tarbiyaviy g‘oyalar bilan boyitilgan ushbu spektakl tomoshabinlarning kayfiyatini ko‘tarib, ularga quvonch va ijobiy hissiyotlar hadya etdi.

Talabalar nafaqat mazmundan zavq oldilar, balki asarda ilgari surilgan hayotiy saboqlar va ibratli xulosalarni ham chuqur anglab, o‘zlarida yangi ruhiy kechinmalar hosil qildilar. Bunday madaniy tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning estetik didini shakllantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun