To‘lov-kontrakti qoplab beriladi

Date:

Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-fevraldan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni bepul o‘tash, haydovchilikka o‘qish xarajatlarini qoplash, shuningdek, kasbiy va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt summasining bir qismi “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan to‘lab berish tartibi joriy etiladi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi. Ushbu maqsad uchun alohida subsidiya ajratish amaliyoti esa bekor qilinadi.

“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali avtomototransport haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash bo‘yicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining toifalarini olish uchun to‘lab beriladi.

Kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining to‘lov-kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi hamda bu miqdor 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim.

Ayni bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordam turlaridan ko‘pi bilan 2 marta foydalanishi mumkin. Mazkur tartib yoshlarning kasb-hunar egallashi, oliy va kasbiy ta’limga qo‘shilganlik darajasini oshirish, shu bilan birga, ijtimoiy yordamni manzilli va sharti aniq bo‘lgan mexanizmlar orqali taqdim etishga xizmat qilishi belgilanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzudan boshlangan yo‘l

Har bir inson hayotida uning kelajagiga yo‘l ko‘rsatadigan, qalbiga...

Xalqaro yuk tashuvlarida yangi bosqich

Xitoy–Qozog‘iston–O‘zbekiston–Afg‘oniston yo‘nalishida ilk konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi. 50 ta...

Harbiy xizmatchilarga asalarichilik sirlari o‘rgatilmoqda

Asalarichilik — mehnatsevarlik, sabr va mas’uliyatni talab etadigan, insonni...

Sariosiyodagi 94 ta maktabga 325 million so‘m

Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar bugungi kunda...
KunTun
KunTun