Kadastr agentligi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida 2025-yil 1-noyabr holatiga respublika boʻyicha 2 719 ta holatda, jami 232,8 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallangani aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yer turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlandi:
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — 1 254 ta;
Aholi punktlari yerlari — 860 ta;
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar — 258 ta;
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar — 5 ta;
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — 3 ta;
Oʻrmon fondi yerlari — 33 ta;
Suv fondi yerlari — 108 ta;
Zaxira yerlari — 198 ta.
Kadastr agentligi tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash holatlarining oldini olish, yer qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida yer nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

