1,7 milliondan ortiq aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Date:

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “To‘palang suv ombori suvlaridan foydalanish hisobiga Surxondaryo viloyati suv ta’minotini yaxshilash” loyihasining ikkinchi bosqichi jadal davom etmoqda. Loyihaning ushbu bosqichida xorijdan olib kelingan zamonaviy gorizontal burg‘ilash agregati yordamida yerusti va yerosti kommunikatsiyalariga zarar yetkazmasdan, quvurlar yotqizish ishlari tez va samarali bajarilmoqda.

So‘nggi yillarda 246 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 8 ta suv saqlash hovuzi barpo etildi. Dastlabki bosqichda Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi 135 mingga yaqin aholining sifatli, mineral moddalarga boy ichimlik suvi bilan ta’minlanishi yo‘lga qo‘yildi. Joriy yilda esa Oltinsoy va Bandixon tumanlarida 86 mingdan ortiq kishi “To‘palang” suv ombori suvlaridan foydalanishni boshladi.

Xitoy texnologiyasiga asoslangan yangi agregat yordamida ish unumdorligi bir necha barobar oshib, ekologik zarar kamaydi, avtomobil harakatiga to‘sqinlik qilinmayapti. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ilgari bir kunda 200–300 metr quvur yotqizilgan bo‘lsa, endi bu ko‘rsatkich 800–1000 metrgacha yetmoqda.

2017 yilda Surxondaryo viloyatida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 47 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 67 foizga yetdi. Megaloyiha to‘liq yakunlangach, 1,7 milliondan ortiq aholi toza, tog‘ suviga boy ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun