Poligonda “Yashil makon” tashabbusi

Date:

“Termiz” umumqo‘shin dala poligonida Surxondaryo viloyati ekologiya boshqarmasi hamda harbiy qo‘mondonlik hamkorligida ekologiyaga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbir “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilib, hududni ko‘kalamzorlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash va harbiy xizmatchilarda tabiatga e’tibor madaniyatini shakllantirishni maqsad qildi.

Seminarda mutaxassislar paligonning tabiiy sharoiti va iqlimiga mos daraxt turlarini tanlash, ularni to‘g‘ri parvarishlash va suv tejovchi usullarda o‘stirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar. Ishtirokchilar amaliy tarzda daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarida ham qatnashdilar.

Mazkur tashabbus ekologik barqarorlikni ta’minlash, harbiylar o‘rtasida tabiatga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirish va atrof-muhitni asrash bo‘yicha muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun