Qashqadaryo borish shart emas

Date:

Surxondaryo viloyatida haydovchilik guvohnomasini olish jarayonini yanada qulay va samarali qilish maqsadida yangi Viloyat imtihon markazi tashkil etildi. Endilikda viloyatdagi avtomaktab bitiruvchilari nazariy va amaliy imtihon topshirish uchun boshqa hududlarga, xususan Qashqadaryo viloyatiga borishlariga hojat qolmaydi.

Mazkur markaz zamonaviy talablar asosida jihozlangan bo‘lib, bunda haydovchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, nazariy imtihonlar kompyuter texnologiyalari asosida, shaffof va adolatli tarzda o‘tkaziladi. Amaliy mashg‘ulotlar esa maxsus o‘quv poligoni hududida, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga mos tarzda tashkil etiladi.

Markazning rasmiy ochilishi joriy yil 11-noyabr kuniga rejalashtirilgan bo‘lib, imtihon jarayonlari 12-noyabrdan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.

Viloyat imtihon markazining ishga tushirilishi natijasida surxondaryolik o‘quvchilar va haydovchilik guvohnomasi olish istagidagi fuqarolar uchun vaqt va mablag‘ tejaladi, eng asosiysi, xizmat sifati oshadi. Bu esa haydovchilik o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, jarayonlarni shaffof va qulay qilish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun