Plogingda yoshlar faol

Date:

Termiz davlat universitetining mingga yaqin talabalari “Ekologik madaniyat – sog‘lom jamiyat poydevori!” shiori ostida keng ko‘lamli tozalash aksiyasi — ploging tadbirini o‘tkazdilar.

Aksiya davomida talabalar Termiz shahri mahallalari va yo‘l chetlarida chiqindilarni yig‘ish, hududlarni obodonlashtirish va atrof-muhitni toza saqlash ishlarida faol ishtirok etdilar.

Natijada, 5 tonnadan ortiq maishiy chiqindilar maxsus texnikalar yordamida belgilangan joylarga olib chiqib ketildi.

Mazkur xayrli tashabbus yoshlarning tabiatga bo‘lgan e’tiborini, mas’uliyati va fidoyiligini namoyon etadi. Aksiya orqali nafaqat atrof-muhit tozaligiga, balki ekologik madaniyatni shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga ham katta hissa qo‘shildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun