“Yashil kelajak uchun”

Date:

Termiz shahridagi 26-maktabda “O‘zbekistonda iqlim ta’limi orqali yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish” nomli yangi loyiha doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha BMT Taraqqiyot dasturi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Zamin” xalqaro jamoat fondi hamkorligida amalga oshirildi.

Ishtirokchilar iqlim o‘zgarishi, barqaror qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini tejash va toza energiyadan foydalanish kabi dolzarb mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazdilar.

Loyiha yoshlarni iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda faol bo‘lishga, “yashil” tashabbuslarni ilgari surishga hamda ekologik yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bu tashabbus orqali Termizda ekologik ongli, mas’uliyatli va kelajak uchun fidoyi yoshlar safi kengaymoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun