Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish ishlari tahlil qilindi

Date:

Yoshlar siyosati — davlatimiz rahbarining doimiy e’tiboridagi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga yo‘naltirish, mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar sifatida tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur vazifalarning viloyatdagi ijrosini ta’minlash maqsadida Bandixon tumani hokimligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan mazkur muhokamada viloyat huquqni muhofaza qilish organlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari, shahar va tuman hokimlari hamda sohaning quyi bo‘g‘in mas’ullari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda viloyatda yoshlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari atroflicha muhokama qilindi. Hudud va tarmoq rahbarlarining hisobotlari tinglanib, yoshlar masalalari bo‘yicha faoliyatni yanada takomillashtirish, tizimli yondashuvlarni joriy etish va amaliy natijadorlikni oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, Bandixon tuman politexnikumida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Bandlik va migratsiya boshqarmalari hamkorligida yoshlar va ishsiz fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar hamda xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan namunaviy tajriba o‘rganildi.

Amalga oshirilgan ishlar shahar va tuman hokimlariga tanishtirilib, har bir hududda shunday samarali va namunaviy loyihalarni joriy etish vazifalari belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun