“Ziyoli kelajak” loyihasi Bandixonda

Date:

 “Yuksalish” harakati tomonidan yirik ijtimoiy tashabbus — “Ziyoli kelajak” loyihasiga start berildi.

  Tashabbusning maqsadi — maktablardagi mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish hamda har bir o‘quvchi o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqara oladigan sharoitni yaratib, ta’lim tizimini yanada qulay va sifatli qilishdan iborat.  “Ziyoli kelajak” loyihasi davlat va xususiy tuzilmalar, fuqarolik jamiyati hamda ko‘ngillilarni O‘zbekistonda ta’limning yangi qiyofasini shakllantirish yo‘lida birlashtiradi.

  “Ziyoli kelajak” loyihasi kengaytirilib bugungi kunda mahallalar kutubxonalarida ham kitob olib berish ishlari amalga oshirildi. “Yuksalish” harakati viloyat  hududiy bo‘linmasi va “Omad” fermer xo‘jaligi hamkorligida Bandixon tumanidagi  “Birdamlik” mahalla kutubxonasiga 80 nomdagi kitoblar topshirildi.  Ushbu kitoblar to‘plamidan o‘zbek va jahon adabiyotining nodir durdonalari o‘rin olgan.

Buning natijasida:

•  Maktablarning  va mahallalarda ochilgan kutubxonalarning moddiy bazasini yaxshilash, xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish;

•  O‘quvchilarning intellektual salohiyati va o‘zlashtirish darajasini oshirish;

•  O‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirish, ta’lim jarayonini takomillashtirish;

•  Maktablar uchun barqaror va uzoq muddatli rivojlanish modelini yaratish;

•  Ma’rifatli va faol yosh avlodni shakllantirishga hissa qo‘shish ko‘zda tutilgan.

Loyihaning keyingi bosqichida “Ziyoli kelajak” onlayn-platformasi va mobil ilovasi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Bu orqali maktablarning holati monitoring qilinadi, o‘quvchilar va ota-onalar fikrlari yig‘iladi hamda ehtiyojlarga tezkor javob beriladi.

  “Ziyoli kelajak” — bu mamlakatimiz kelajagiga, yosh avlod ta’limi va ma’naviy rivojiga kiritilayotgan sarmoyadir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun