O‘zbek tili — millatimiz g‘ururi

Date:

Til — har bir millatning ma’naviy poydevori, uning tarixiy xotirasi va kelajak sari yo‘l ko‘rsatuvchi mayog‘idir. Ona tilini e’zozlash — o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni asrash va avlodlar o‘rtasidagi ruhiy bog‘liqlikni mustahkamlash demakdir.

Shu bois, bugun Surxondaryoda 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami keng nishonlandi. Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bilan boshlangan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, shoir va yozuvchilar, tilshunos olimlar, o‘qituvchi va talaba-yoshlar hamda harbiylar ishtirok etdi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari I.Safarov so‘zga chiqib, o‘zbek tilining jozibadorligi, boy lug‘aviy xazinasi va xalqimiz hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritib, tilimiz nufuzini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini ta’kidlagan bo‘lsa, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Mengnor Ollomurodning ona tilimizni ulug‘lovchi she’ri barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbir viloyat musiqali drama teatri sahnasida davom ettirilib, san’atkorlar tomonidan ona tilimizni ulug‘lovchi sahna asarlari va kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.

Bugun o‘zbek tili nafaqat aloqa vositasi, balki xalqimizni birlashtiruvchi, milliy g‘urur va birlik timsoliga aylangan. Tilni asrash, uning nufuzini yanada yuksaltirish esa barchamizning jamiyat oldidagi muqaddas burchimizdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun