Angor tumanidagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’mirlash ishlari yakunlanib, zamonaviy ko‘rinishda foydalanishga topshirildi. 1971-yilda qurilgan maktab binosi vaqt o‘tishi bilan ta’mirtalab holatga kelgandi.
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida maktabni ta’mirlash uchun 1 milliard 300 million so‘m, shuningdek, tuman hokimining tashabbusi bilan tom qismi va fasad ta’miri uchun qo‘shimcha 450 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Yakunlangan ta’mirdan so‘ng maktab zamonaviy talablar darajasiga keltirilib, o‘quvchilar uchun qulay va shinam muhit yaratildi.
Ochilish marosimida o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalar, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etdi. Tadbir doirasida “Til — dil kaliti” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv ham tashkil etildi.