584 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqi qonuniylashtirildi

Date:

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi muhim masala — fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarini tan olish masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida 584 nafar fuqaroning yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi, shuningdek, u yerda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi rasmiy ravishda e’tirof etildi. Ushbu qaror — qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlarning mulk huquqlarini qonuniylashtirish, meros va mulk bilan bog‘liq nizolarni bartaraf etish hamda aholining huquqiy ongi va ijtimoiy kayfiyatini ijobiy tomonga o‘zgartirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Shu kunga qadar Surxondaryo viloyatida jami 2 103 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari qonuniy asosda tan olingan. Ushbu yondashuv fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishda tizimli va adolatli yechimlar barpo etilayotganini ko‘rsatmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun