Zamonaviy avtomobil yo‘li qurilmoqda

Date:

So‘nggi yillarda Surxondaryo viloyatida turizm salohiyatini yuksaltirish, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar infratuzilmasini takomillashtirish, ularga olib boruvchi yo‘llarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Termiz tumanida muqaddas ziyorat maskanlari – Al-Hakim at-Termiziy va Sulton Saodat majmualarini o‘zaro bog‘laydigan, uzunligi 9,3 kilometrdan ortiq bo‘lgan to‘rt tasmali yangi avtomobil yo‘li qurilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu yo‘l qurilishining borishi bilan bevosita tanishdi. Tashrif davomida loyiha amalga oshirilayotgan hududda qurilish bosqichlari, yo‘l sifati, asos qatlamining mustahkamligi hamda aholiga berilayotgan kompensatsiya to‘lovlari muhokama qilindi.

Hokim tomonidan qurilish ishlarini zamonaviy yo‘lsozlik talablari asosida, belgilangan muddatlarda va yuqori sifatda bajarish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Mazkur loyiha nafaqat ziyoratchilar va turistlar uchun qulayliklar yaratadi, balki hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun