“Qalqon” oʻz faoliyatini boshladi

Date:

Yoshlar orasida huquqiy madaniyatni oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda talabalar faolligini kuchaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Termiz davlat universitetida yoshlar ishtirokidagi turli tashabbuslar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning eng samaralilaridan biri – “Qalqon” jamoatchilik guruhi hisoblanadi.

Yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faol a’zolaridan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi o‘z faoliyatini rasman boshladi.

Ushbu guruh universitet talabalari orasidan saralab olingan 50 nafar faol va fidoyi ko‘ngilli yoshlardan iborat bo‘lib, ular oliygoh hamda yotoqxona hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishda profilaktika inspektorlariga yaqindan ko‘maklashadi.

“Qalqon” guruhi a’zolari nafaqat nazorat faoliyatida, balki turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot ishlari, davra suhbatlari hamda huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan loyihalarda ham faol ishtirok etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun