Men bilgan xalq xizmatchisi

Date:

Denov tumanida aholining farovon hayot kechirishini ta’minlash, bandlikni oshirish va iqtisodiy faollikni kuchaytirish maqsadida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida yangi ishlab chiqarish kooperativi tashkil etildi. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi 330-sonli qarorida belgilangan vazifalarning amaliy ifodasidir.

Mahalliy darajada tashabbuskorlik va jonkuyarlik bilan amalga oshirilayotgan ushbu ishda “Paxtakurash” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Rustam Valnazarov muhim rol o‘ynadi. Uning boshchiligida “Denov Baraka Quyonlari” nomli ishlab chiqarish kooperativi tuzilib, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan 14 ta mahalladan jami 234 nafar fuqaro unga a’zo etildi.

Kooperativ a’zolariga go‘sht yo‘nalishidagi quyonlar yetkazib berildi. Shu bilan birga, ishlab chiqarilgan mahsulotni barqaror xarid qilish tizimi yo‘lga qo‘yilib, quyon go‘shti tirik vaznda 50 ming so‘mdan xarid qilinmoqda. Bu yondashuv aholining daromadini oshirish, ularni kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikka jalb etish, shuningdek, sifatli mahalliy go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.

Tashabbus Denov tumani misolida mahalla darajasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amaliy samaralarini yaqqol ko‘rsatadi. Eng asosiysi, bu kabi kooperativlar nafaqat ish o‘rinlarini yaratmoqda, balki odamlarning hayotga ishonchini oshirib, ularni o‘z mehnati evaziga farovonlik sari yo‘naltirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun