Terens Tao — dunyodagi eng aqlli inson

Date:

Dunyo bo‘ylab aql darajasini o‘lchash uchun eng mashhur ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan IQ (intellekt koeffitsienti) reytingida yangi rekord natija qayd etildi. 50 yoshli amerikalik matematik Terens Tao hozircha dunyodagi eng yuqori IQ egasi sifatida tan olindi.

Science Focus nashrining yozishicha, Terens Tao IQ testida 230 ball to‘plagan. Bu hozirgi kunda rasmiy tarzda qayd etilgan eng yuqori intellekt darajasi hisoblanadi.

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti professori bo‘lgan Tao zamonaviy matematikaning eng yirik vakillaridan biri sanaladi. U sonlar nazariyasi, garmonik tahlil va qisman differensial tenglamalar sohasida muhim ilmiy kashfiyotlar qilgan.

Terens Tao bolaligidayoq “matematika mo‘jizasi” sifatida tanilgan, 2 yoshida o‘qishni o‘rganib, 9 yoshida universitet kurslarini o‘zlashtira boshlagan, 21 yoshida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Mutaxassislar fikricha, Tao nafaqat yuqori IQ egasi, balki o‘z bilimini real hayotda samarali qo‘llay oladigan noyob shaxslar sirasiga kiradi. Uning ilmiy ishlari matematika fanining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Ma’lumot uchun, ilgari qayd etilgan eng yuqori IQ ko‘rsatkichlari 200–250 ball oralig‘ida bo‘lgan, biroq ularning aksariyati norasmiy yoki taxminiy hisoblangan edi. Terens Taoning 230 ball natijasi esa ilmiy jamoatchilik tomonidan rasman e’tirof etilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mehnat Rohat” yangi loyihani amalga oshiradi

Surxondaryo viloyati hokim Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumaniga tashrifi davomida...

Yo‘l bo‘ylari obodonlashtirilmoqda

Surxondaryo viloyati hkimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, hududlarning...

Loyihalari tanqidiy o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi ishchi guruh Jarqo‘rg‘on...

Navroʻz — “Yangi Oʻzbekiston”dan boshlanadi

Prezidentning 2026-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq, 2026-yilgi Navroʻz bayramini munosib...
KunTun
KunTun